Vest Xem Manchester Siti da’vo qilayotgan Paketa bo‘yicha bir qarorga keldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 14-04-2024, 08:14
"Vest Xem" yozgi transfer oynasida yarim himoyachi Lukas Paketani sotmoqchi emas. Braziliyalik futbolchiga o‘tgan yildan beri "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda va joriy mavsum yakunlangach, "shaharliklar" hujumkor yarim himoyachini qo‘lga kiritish uchun yangi urinishlar qilishlari kutilmoqda.

Jurnalist Fabrisio Romanoning yozishicha, “Vest Xem” 26 yoshli futbolchi uchun muzokara olib borish niyatida emas. Bitimga erishishning yagona yo‘li - 85 million funt sterling (taxminan 100 million yevro) miqdoridagi tovon pulini faollashtirish.

"Bolg‘achilar" rahbariyati yon berishmaydi. Futbolchining "Vest Xem" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati