Joze Aldo ikki yillik tanaffusdan so‘ng qafasga qaytmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 41
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 23:52
Xabarlarga qaraganda, Joze 5 may kuni o‘z vatani Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkaziladigan UFC 301 turnirida jang qiladi. Aldo yarim yengil vazn toifasida UFC chempioni bo‘lgan. U UFC 301 turnirining Co main-event jangida amerikalik Jonatan Martinesga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Eslatib o‘tamiz, Aldo o‘zining so‘nggi jangini 2022 yilning avgustida UFC 278 turniri doirasida gruziyalik Merab Dvalishviliga qarshi o‘tkazib, hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lubiyatga uchragan edi. Braziliyalik aralash yakkakurash ustasi o‘sha mag‘lubiyatdan keyin faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi. Dvalishvilidan mag‘lubiyatiga qadar u 3 ta g‘alabali seriya bilan kelayotgandi. Aldo Rob Font, Pedro Munyos va Marlon Verani taslim etgan edi.

Ma’lumot uchun, Joze Aldoning bo‘lajak raqibi Jonatan Martines UFC reytingida 14-o‘rinni egallab turibdi. U ketma-ket oltita jangda g‘alaba qozongan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati