MIB 4,4 mlrd. so‘mlik mulkni savdoga chiqardi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 44
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 23:40
Yurtimizda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan, ayniqsa, mahalliy xom-ashyodan mahsulot ishlab chiqarish yoki qayta ishlashni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga imtiyozlar berilgan.

Tadbirkorlikda hamma vaqt ham o‘ylangan reja ish bermasligi mumkin, buni tadbirkorlarimiz ham yaxshi tushunishadi. Lekin, olingan kreditlarni qaytarishga to‘g‘ri keladi.

Byuro organlari ish yurituvidagi banklar foydasiga hal qilingan sud qarorlari ijrosini ta’minlash nazoratga olingan bo‘lib, bu borada muayyan ishlar qilinmoqda.

Jumladan, Peshko‘ tumanlararo iqtisodiy sudining 07.11.2023 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor “Dildora” MCHJ hamda “Vobkent Eko neft” MCHJdan undiruvchi “Hamkor bank” ATB foydasiga 4,4 mlrd. so‘m undirish, undiruvni “Dildora” MCHJ hamda “Vobkent yoqilg‘i savdo” xususiy korxonasiga tegishli mulklarga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Vobkent tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Davlat ijrochisi tomonidan shu kuni ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi taraflarga yuborilgan.

Qarzdorlikni bartaraf qilish uchun qonunchilikka muvofiq qarzdorga ixtiyoriy muddat berilgan bo‘lsada, ijro hujjati talablari bajarilmagan.
Ijro harakatlari davomida qarzdorlarga tegishli bo‘lgan garov mulki hisoblangan, 2,2 mlrd. so‘mga baholangan, Vobkent tumani, Imom Buxoriy ko‘chasida joylashgan, umumiy maydoni 1680 m2 bo‘lgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish binosi xatlanib, elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi orqali savdoga chiqarilishi ta’minlandi.
Shuningdek, qarzdorlarga tegishli, 2,0 mlrd. so‘mdan ortiqroq baholangan, “Avtomobillarga yoqilg‘i quyish va siqilgan gaz to‘ldirish kompressor stansiyasi binosi” ham xatlanib, auksion savdolariga chiqarilish choralari ko‘rilmoqda.
Hozirda, ijro harakatlari davom ettirilmoqda

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati