Angliya kubogi. «MYU» 121-daqiqada urilgan gol evaziga «Liverpul»ni mag‘lub etdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 45
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 23:38
Angliya kubogining chorak final bosqichida «Manchester Yunayted» va «Liverpul» jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishdi. Uchrashuv dramatik ssenariy ostida o‘tdi.Bahsning 10-daqiqasida mezbonlar yarim himoyachisi Skott Maktominey hisobni ochdi. 44-daqiqada esa mehmonlar futbolchisi Aleksis Mak Allister muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘lim boshida Muhammad saloh mersisaydliklarni oldinga olib chiqdi. O‘yinnig asosiy vaqti tugashiga 3 daqiqa qolganida «Yunayted» yarim himoyachisi Antoni hisobni tenglashtirdi — 2:2.O‘yinga qo‘shib berilgan birinchi bo‘lim yakunlanish arafasida 20 yoshli Xarvi Elliott «qizillar»ni oldinga olib chiqdi. 112-daqiqada esa Markus Reshford yana muvozanatni tikladi. Ikkinchi ekstra-taym tugayotgan paytda "Liverpul" katta kuch bilan oldinga tashlandi, ammo qarshi hujumda alamli gol o‘tkazib yubordi. Amad Diallo mehmonlar darvozasini ishg‘ol qildi va jamoasiga g‘alaba keltirdi. Ammo Amad futbolkani yechgani uchun sariq kartochka oldi. Bu Diallo uchun ikkinchi ogohlantirish bo‘lgan uchun futbolchi maydonni tark etdi.Shu tariqa, «Manchester Yunayted» Angliya kubogi yarim finaliga yo‘l oldi.Angliya kubogi, chorak finalManchester Yunayted – Liverpul 4:3 (1:2, 1:0, 0:1)Gollar: 1:0 – 10 Maktominey, 1:1 – 44 Mak Allister, 1:2 – 45 Saloh, 2:2 – 87 Antoni, 2:3 – 105 Elliott, 3:3 – 112 Reshford, 4:3 – 120 Diallo.Manchester Yunayted – Onana, Diogu Dalot, Varan (Diallo, 85), Lindelef (Maunt, 105), Uan-Bissaka (Maguayr, 71), Brunu Fernandesh, Maktominey, Maynu (Eriksen, 80), Garnacho, Reshford, Xeylund (Antoni, 71).Liverpul – Kellexer, Gomes (Simikas, 101), van Deyk, Kuansa, Robertson (Bredli, 76), Endo, Soboslai (Elliott, 72), Mak Allister, Saloh (Gakpo, 77), Dias (Klark, 114), Nunyes.Ogohlantirishlar: Mak Allister (31), Brunu Fernandesh (45), Gomes (60), Kellexer (109), Diallo (116).Chetlatish: Diallo (120+1).












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati