Anvar G‘ofurov: “Bugun kuchli raqibga qarshi o‘ynadik”

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 45
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 23:24
Superliga 3-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Navbahor” (2:2) uchrashuvidan so‘ng jamoamiz ustozi Anvar G‘ofurov OAV xodimlari savollariga javob qaytardi.- Bugun juda kuchli raqibga qarshi o‘ynadik va qiyin o‘yin o‘tkazdik. Uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt kam edi. Imkon qadar tayyorgarlik ko‘rdik. Bugungi uchrashuvda qayd etilgan natija va o‘yin muxlislarga yoqdi deb o‘ylayman. Endi shunday uslubda o‘ynaymiz. Bugungi natija futbolchilarning mehnati. Qolaversa, bugun bizga omad kulib boqdi.O‘yindan oldin bir nechta reja bor edi va biz “A” reja bo‘yicha o‘ynadik. O‘yin yakunlanayotgan vaqtida biz mag‘lub bo‘layotgan edik va biz qanday hisobda mag‘lub bo‘lishimiz farqi yo‘q edi. Qanday hisob qayd etilishidan qat’iy nazar mag‘lubiyat baribir mag‘lubiyat. Shu sababli rejani o‘zgartirdik va hujumga o‘tishni boshladik.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati