Gvardiol ketma-ket ikkinchi uchrashuvda gol urmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 13-04-2024, 21:40
Bugun, 13 aprel kuni "Manchester Siti" Angliya Premyer-ligasining 33-turi doirasida "Luton Taun"ni qabul qildi. Jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv 5:1 hisobida Pep Gvardiola shogirdlarining yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.

Aytish joizki, gollardan birini qatorasiga ikkinchi o‘yinda gol urgan “shaharliklar” himoyachisi Yoshko Gvardiol kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, xorvatiyalik futbolchi Chempionlar ligasining 1/4 finalida "Real" bilan so‘nggi o‘yinda ham gol urgan edi. 22 yoshli futbolchi bungacha "Manchester Siti" safida gol urmagan edi.

"Shaharliklar" hozirda 32 o‘yindan so‘ng 73 ochko bilan APL turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati