A seriya. «Milan» safarda «Verona»ni mag‘lub etdi va «Yuventus»dan 3 ochkoga o‘tib ketdi (videosharh)

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 43
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 22:58
Italiya chempionatining 29-turi doirasida «Milan» safarda «Verona» klubi mehmoni bo‘lib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.Bahsning 44-daqiqasida milanliklar himoyachisi Teo Ernandes hisobni ochgan bo‘lsa, 50-daqiqada Kristian Pulishich farqni yana bittaga oshirdi.Bahsning 64-daqiqasida veronaliklar hujumchisi Teyyani Noslin raqib darvozasini ishg‘ol qildi. O‘yinning 79-daqiqasida «rossoneri» futbolchisi Samuel Chukvueze yakuniy hisobni o‘rnatdi — 1:3.Stefano Pioli jamoa barcha musobaqalar doirasida ketma-ket beshinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Jamoa A seriyada o‘z ochkolarini 62 taga yetkazib, 3-o‘rindagi «Yuventus»dan 3 ochkoga o‘zib ketdi.Italiya chempionati, 29-turVerona – Milan 1:3 (0:1, 1:2)Gollar: 0:1 – 44 Ernandes, 0:2 – 50 Pulishich, 1:2 – 64 Noslin, 1:3 – 79 Chukvueze.Verona – Montipo, Santonz, Davidovich (Manyani, 57), Koppola, Kabal (Ruben Vinagre, 76), Lazovich (Mitrovich, 57), Duda, Serdar (Silva, 46), Folorunsho (Sviderski, 57), Suslov, Noslin.Milan – Menyan, Kalabriya, Tomori (Kyer, 84), Kalulu (Gabbiya, 46), Ernandes, Loftus-CHik (Musa, 66), Bennaser, Pulishich (Jiru, 66), Reynders, Rafael Leau, Okafor (Chukvueze, 74).Ogohlantirishlar: Serdar (6), Tomori (30), Ernandes (45), Reynders (87).












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati