Malyorkaga qarshi Realning qaysi futbolchilari ilk daqiqalardan o‘ynaydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 13-04-2024, 15:36
Ispaniya chempionati doirasida "Malyorka"ga qarshi safar uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushadigan "Real"ning 4 nafar futbolchisi nomi ma’lum bo‘ldi.

Jurnalist Migel Anxel Diasning xabariga ko‘ra, markaziy himoyachi Eder Militao, yarim himoyachi Brahim Dias, o‘ng qanot himoyachisi Lukas Vaskes va hujumchi Xoselu kabi futbolchilar ilk daqiqalardan maydonga tushishadi.

Qayd etilishicha, "Malyorka" bilan o‘yinda yana 5 nafar futbolchi dam oladi. Gap Antonio Ryudiger, Rodrigo, Vinisius Junior, Toni Kroos va Dani Karvaxal haqida ketmoqda.

"Real Madrid" murabbiylar shtabi Chempionlar ligasi 1/4 finalida "Manchester Siti"ga qarshi javob uchrashuvi oldidan ushbu futbolchilarga dam berdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati