• Главная
  • »
  • Futbol yangiliklari
  • »
  • Superliga. «Bunyodkor» «Navbahor»ga qarshi o‘yin so‘nggida mag‘lubiyatdan qutulib qoldi, OKMK «Dinamo»ni mag‘lub etdi

Superliga. «Bunyodkor» «Navbahor»ga qarshi o‘yin so‘nggida mag‘lubiyatdan qutulib qoldi, OKMK «Dinamo»ni mag‘lub etdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 47
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 22:48
O‘zbekiston Superligasining 3-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 17 mart, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.«Navbahor» safarda «Bunyodkor» mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida jamoalar ehtiyotkor o‘yin namoyish etdi va hisob ochilmadi.Ikkinchi bo‘limda esa muxlislar gollar guvohiga aylandi. Dastlab, 60-daqiqada Toma Tabatadze hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 5 daqiqa o‘tib, mezbonlar futbolchisi Mirjahon Mirahmadov tezkor javob golini urishga muvaffaq bo‘ldi. 73-daqiqada Tabatadze penaltidan unumli foydalanib, namanganliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. O‘yinga qo‘shib berilgan 7-daqiqada «qaldirg‘ochlar» futbolchisi Mirjahon Mirahmadov darvozani ishg‘ol qildi. Shu tariqa, uchrashuv 2:2 hisobida durang natija bilan yakunlandi.OKMK esa «Dinamo»ni qabul qildi va 3:1 hisobida zafar quchdi. Olmaliqliklar safida Milyan Shkrbich, Sardor Rahmonov va Nodirbek Abdurazzoqov gol muallifiga aylangan bo‘lsa, Samarqand jamoasi a’zosi Joel Kojo o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. SUPERLIGA. 3-TUR“BUNYODKOR” — “NAVBAHOR” - 2:2 (0:0)Gollar: Toma Tabatadze, 60 – 0:1. Mirjahon Mirahmadov, 65 – 1:1. Toma Tabatadze, 73-penaltidan – 1:2. Mirjahon Mirahmadov, 90+6 – 2:2.Ogohlantirishlar: Abrorbek Ismoilov, 32. Odiljon Hamroboyev, 52. Farhod O‘tkirov, 55. Muzaffar Olimjonov, 77. Samvel Babayan, 86. O‘tkir Yusupov, 90+3.“Bunyodkor”: Sarvar Karimov, Mahmudjon Mahamadjonov, Suhrob Izzatov, Rasul Yo‘ldoshev (Frayn Chiryak, 55), Temurxo‘ja Abduxoliqov (Umidbek Sultonov, 59), Ollobergan Karimov (Rustamxon Azimov, 88), Bilol Tupliyev (Toni Yovich, 88), Farhod O‘tkirov (Mirjahon Mirahmadov, 59), Amir To‘raqulov, Azizbek To‘lqinbekov, Muzaffar Olimjonov.“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Ibrohim Yo‘ldoshev, Odiljon Hamrobekov, Jamshid Iskanderov, Asadbek Sobijonov (Ruslanbek Jiyanov, 46), Filip Ivanovich, Jamshid Boltaboyev, Toma Tabatadze (Navro‘zbek Iminjonov, 89), Yovan Jokich, Farrux Sayfiyev, Abrorbek Ismoilov.Bosh hakam: Olim To‘ychiboyev.Qanot hakamlari: Avazbek Abdullayev, Ziyodullo Abdurahmonov.Zaxiradagi hakam: To‘rabek Suyunov.VAR: Akobirxo‘ja Shukurullayev.AVAR: Shohnur Yo‘ldoshev.Nazoratchi: Marat Ismoilov.Komissar: Jamshid Imomov.17 mart. Toshkent. “Bunyodkor” stadioni. 1500 tomoshabin.OKMK — «DINAMO» - 3:1Gollar: Milyan Shkrbich 12, Sardor Rahmonov 66, Nodirbek Abdurazzoqov 85 – Joel Kojo 63.Bosh hakam: Ibrohim Ismoilov.VAR hakami: Asker Najafaliyev.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati