Shomurodov “Roma”ga qaytadimi?

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 13-04-2024, 14:00
"Kalyari"da ijara asosida o‘ynayotgan "Roma" hujumchisi Eldor Shomurodov Rim klubiga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi.

“Bu haqda gapirishga hali erta. Buni chempionat yakunida muhokama qilamiz. Men, rafiqam va ikki farzandim bu yerda o‘zimni juda yaxshi his qilyapmiz, chunki shahar tinch", — deya Shomurodovning so‘zlarini keltiradi jurnalist Alfredo Pedulla. 

Joriy mavsumda 28 yoshli Shomurodov “Kalyari” safida 18 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

31 o‘yinda 30 ochko jamg‘argan Shomurodov jamoasi “Kalyari” Italiya chempionati turnir jadvalida 13-o‘rinda bormoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati