Messi va Ronaldu yo‘q. Dunyoning 30 yoshdan oshgan eng qimmat futbolchilari reytingini taqdim etdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 13-04-2024, 12:58
Transfermarkt portali ekspertlari 30 yoshdan oshgan eng qimmat futbolchilar reytingini taqdim etdi. Birinchi o‘rinni Angliya terma jamoasi va "Bavariya"ning markaziy hujumchisi Xarri Keyn ishonchli tarzda egallab turibdi. 30 yoshli futbolchi 110 million yevroga baholanmoqda.

Ikkinchi o‘rinni “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh egallab turibdi. 31 yoshli misrlik futbolchining bozor qiymati 65 mln. Kuchli uchlikni “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne yakunladi. 32 yoshli belgiyalik futbolchining narxi 60 million yevroni tashkil qiladi.

Reytingdan keyingi o‘rinlarda quyidagi futbolchilar joylashgan: Son Xyon Min (Tottenxem, 50 million), Neymar (Al-Hilol, 45 million), Xoqon Chalxano‘g‘li (Inter), Ederson (Manchester Siti) - ikkalasi ham 40 million , Fabinyo (Al-Ittihod) va Endryu Robertson (“Liverpul”) – 35 million va Alisson (“Liverpul”, 32 million).








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati