Gvardiola: Grilish ba’zi jihatlari ustida ishlashi kerak

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 13-04-2024, 12:48
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "shaharliklar" hujumchisi Jek Grilish haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Biz Grilishdan juda xursandmiz, uni sog‘ingandik. U oxirigacha kurashni davom ettirishi kerak. U o‘z o‘yinining ba’zi jihatlarini yaxshilashi kerak, masalan, hujumni yakunlash. Bizga o‘tgan yilgi Jek juda ko‘p yordam bergandi", - deya Gvardiola so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq Twitter).

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum Grilish barcha turnirlarda 31 ta o‘yinda qatnashib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati