Son: Keyn ketganida juda xafa bo‘ldim

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 13-04-2024, 12:40
Londonning "Tottenxem" klubi hujumchisi Son Xyon Min o‘zining sobiq sherigi, o‘tgan yozdan beri "Bavariya"da to‘p tepayotgan Xarri Keyn bilan o‘ynashi haqida gapirdi.

“Biz deyarli 10 yil birga harkat qildik. Bizda o‘zgacha aloqa bor edi. Xarri bilan birga o‘ynash katta sharaf edi. Men uchun u dunyodagi eng yaxshilaridan biri. Keyn ketganida juda xafa bo‘ldim. Shunga qaramay, bu uning uchun yaxshi o‘zgarish edi. Hozir Xarri "Bavariya"da, 30 dan ortiq gol urdi va umid qilamanki, u bundan ham ko‘proq gol uradi", - deya Son so‘zlarini keltirmoqda TNT Sports.

Keyn joriy Germaniya chempionatining eng yaxshi to‘purari hisoblanadi. Uning hisobida 28 ta o‘yinda 32 ta gol va 7 ta golli uzatma bor.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati