Islandiyada vulqon uyg‘onishi tufayli aholi evakuasiya qilinmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 41
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 20:52
Evakuasiya qilishi so‘ralganlar orasida Grindavik shaharchasi aholisi ham bor, bu shahar avvalroq seysmik faollik tufayli jiddiy shikastlangandi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.

Islandiyadagi diqqatga sazovor maskanlardan biri sanalgan Havorang laguna (dengizning marjon orollari bilan o‘ralgan qismi) atrofidagi odamlar ham xavfsiz joyga ko‘chirilmoqda. Vulqon uyg‘ongan vaqtda bu hududda 500-600 kishi bo‘lgan.

Erigan lavadan quyuq tutun ko‘tarilayotganiga qaramay, mamlakat havo kengliklari ochiqligicha qolmoqda.

Mamlakat fuqarolik mudofaasi xizmati ma’lumotiga ko‘ra, vulqon shanba kuni kechqurun Grindavikdan shimolda joylashgan Hagafell va Stora-Skogfell tog‘lari oralig‘ida uyg‘ona boshlagan.

Avvalgi vulqon otilishlaridan biri aynan shu hududda 8 fevral kuni boshlangandi.

Voqea joyida olingan kadrlarda yer yuzasiga oqib chiqayotgan lava va tutun ustunlari aks etgan.
Jabrlangan hududlar ustidan vertolyotda uchib o‘tgan guruh vakillari orasida bo‘lgan geofizik Magnus Tumi Gudmundsson mahalliy nashrlar bilan suhbatda shanba kungi otilishni ayni vaqtdagi eng kuchlisi deb atash mumkinligini aytgan.
Lavaning ikki tili g‘arb va janub tomon harakatlangan va Grindavik atrofidagi himoya to‘siqlariga yetib kelgan. Shaharning taxminan to‘rt ming kishilik aholisiga bir necha hafta oldin uyga qaytishga ruxsat berilgandi, ular yanvar oyida shaharga lava oqib kelishi oqibatida uch uy vayron bo‘lganidan keyin xavfsiz joyga ko‘chirilgandi.
Ularning aksar qismi qaytmaslikni afzal ko‘rgan.
Gudmundsson agar vulqon faolligi zaiflashmasa, lava dengizga tushishi mumkinligidan ogohlantirgan. Agar lava dengiz suvi bilan uchrashsa, bu xavfli gazlar ajralishiga hamda kichik portlashga olib kelishi mumkin.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati