Buzoqning yugurgani somonxonagacha...

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 20:44
Fuqaro Z.S. aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mol-mulkini talon-taroj qilib, takroran firibgarlik jinoyatlarini sodir qilgan. Bu fuqaro bir necha kishining ishonchiga kirib, ularni aldab o‘z shaxsiy harajatlarini yopib kelgan. Chunonchi, u 2021 yil sentyabr oyidan 2022 yil may oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida sodir qilgan firibgarlik jinoyatlari uchun sudlanmasdan turib, aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida fuqaro F. T. ni aldab, uning ishonchiga kiradi. Natijada o‘zini nomiga kredit rasmiylashtirib olmoqchi ekanligini va ushbu kreditni olishiga kafil bo‘lishini aytib, kredit mablag‘larini o‘zi muddatida to‘lab borishiga va to‘lov davomida muammo bo‘lmasligiga ishontiradi.

2021 yil 26 yanvar kuni ATIB “Ipoteka bank” Buxoro filialiga fuqaro F.T. ni olib borib, uning nomiga 3 yil muddatga 26 foiz to‘lash sharti bilan 22 000000 so‘mlik iste’mol kreditini rasmiylashtirib olishga erishadi. Kreditni F. T.ning nomiga rasmiylashtirganini yashirib, F.T. ning nomiga bank tomonidan ajratilgan 22 000000 so‘m pullarga turli savdo do‘konlaridan maishiy texnika buyumlarini olib, aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan maishiy texnika buyumlarini boshqa shaxslarga sotib, pullarini o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuboradi.

Bunday aldovlar turli xil shaklda amalga oshirilgan, kimningdir nomiga bankdan kredit, kimningdir nomiga do‘konlardan maishiy texnika jihozlari, kimdandir qaytarish evaziga qarzga pul olish va, albatta, bularning birortasi ham o‘z vaqtida qaytarilmagan. Natijada muammolarga yechim topildi. Nihoyat aldovlarni tushungan yurtdoshlarimiz ichki ishlar xodimlariga murojaat etishdi.

Buxoro viloyati Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorovulbozor tuman sudi tomonidan mazkur holat ko‘rib chiqildi. Natijada fuqaro Z.S. Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan aybli deb topilib, 3 yil 7 oyga ozodlik mahrum qilish jazosi tayinlandi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati