Vitaminlar inson tanasida qanday vazifani bajaradi?

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 44
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 13-04-2024, 09:52
Organizminng me’yorda ishlashi uchun vitaminlar zarur organik birikma hisoblanadi. Biroq ularning qay biri tanada qanday vazifa bajarishini bilasizmi?

Ushbu savolga Chilonzor tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sojida Do‘stmamatova batafsil javob berdi.

— Inson salomatligida ushbu organik birikmalarning o‘rni beqiyos, — deydi mutaxassis. — Misol uchun, A vitamini hujayralarning rivojlanishi, terining ko‘rkamligi, sochlar go‘zalligi, tirnoqlar salomatligi, ko‘rish quvvatining kuchli bo‘lishi, suyaklar mustahkamligi, yurak-qon tomir, nafas olish va reproduktiv tizimlarning yaxshi ishlashi va tashqi ta’sirlardan himoyalanishni ta’minlaydi.

Ushbu vitamin sabzi, sitrus mevalari, jigar, pishloq, tvorog, sut, tuxum, baliq va petrushkada ko‘p bo‘ladi.

D vitamini esa tanada kalsiy va fosforning so‘rilishini tartibga soladi. Shuningdek, u suyaklar mustahkamligi, qonning me’yorda ivuvchanligi, shamollashdan himoyalanish, zaharli moddalarning organizmdan chiqib ketishi, yaxshi kayfiyat va yurak-qon tomirlar salomatligi uchun zarur.

Bu vitamin baliq yog‘i, echki suti, sariyog‘, pishloq, tvorog, tuxum sarig‘i, dengiz mahsulotlari, kartoshka, o‘simlik yog‘i, mol go‘shtida bisyor. Shuningdek, organizmda quyosh nuri ta’sirida ajralib chiqadi.
S vitamini — terining go‘zalligi, kuchli immunitet, soch va tishlar sog‘lom bo‘lishi uchun kerak.
U ko‘proq sitrus mevalari, sabzi, qizil karam, shivit, na’matak, chakanda moyi (oblepixa), qizil rangli mevalar, yashil no‘xat, turp va kivida mavjud.
K vitamini — tanadagi jarohatlarning tez bitishi, qon sifati va uning ivuvchanligi me’yorda bo‘lishiga yordam beradi.
U karam, sabzi, ismaloq, qichitqi o‘t, na’matak, pomidor, qulupnay va ko‘k choyda mavjud.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati