• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Ukraina harbiy razvedkasining rahbari Rossiya hududlariga diversantlarning yangi hujumlarini va’da qildi

Ukraina harbiy razvedkasining rahbari Rossiya hududlariga diversantlarning yangi hujumlarini va’da qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 38
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 20:32
Diversantlar yaqin orada Rossiyaning chegaradosh hududlariga hujum qilishni to‘xtatmaydi, dedi Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi (BRB) rahbari Kirill Budanov.

“Ular kuchlari yetgan ishni qilishadi. Ko‘rib turganimizdek, ularda hech bo‘lmaganda cheklangan muvaffaqiyatga erishish uchun yetarlicha kuch bor”, — deydi Budanov. Ukraina ularga yordam beradi. Budanov, shuningdek, ushbu ko‘ngilli otryadlarga “Rossiya ichida va chet elda joylashgan muxolifat kuchlarining turli harakatlari” qo‘shilganini tan oldi.

Kremlning ishontirishicha, prezident Vladimir Putin chegara hududlariga hujum uyushtirishga urinishlar haqida muntazam xabarlar oladi. Davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, 2500 nafar diversantdan 1700 nafari yo‘q qilingan, qaytarib bo‘lmaydigan yo‘qotishlar esa 550 nafarni tashkil qilgan. Putin qo‘poruvchilarning hujumlari fonida Ukrainani prezidentlik saylovlariga aralashishga urinishda aybladi. Shuningdek, u Ukraina Rossiya hududlariga “boshqa uchastkalardan” hujum qilishda davom etishini qo‘shimcha qildi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati