NATO Bosh kotibi Janubiy Kavkaz bo‘ylab safarini boshladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 40
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 20:22

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Ozarbayjon poytaxti Bokuga keldi. Ozarbayjondan keyin NATO rahbari Gruziya va Armanistonga borishni rejalashtirmoqda.

Stoltenberg Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. 18 mart kuni Bosh kotibning Ozarbayjon tashqi ishlar va mudofaa vazirlari Jeyhun Bayramov va Zokir Hasanov bilan uchrashishi rejalashtirilgan.

Shu kuni janob Stoltenberg Tbilisiga boradi va u yerda Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili va bosh vazir Irakliy Kobaxidze bilan uchrashadi.

19 mart kuni Yerevanda Bosh kotib Armaniston prezidenti Vaagn Xachaturyan va bosh vazir Nikol Pashinyan bilan uchrashadi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati