Pochettino jarohat olgan futbolchilarining ahvoli haqida gapirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 11
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 13-04-2024, 05:30
"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Angliya Premyer-ligasining 33-turidan o‘rin olgan "Everton"ga qarshi o‘yin oldidan jamoaning jarohat olgan futbolchilari holati haqida gapirdi.

"Chilvelga kelsak, u bugun jamoa bilan qisman shug‘ullanmoqda va dushanba kuni uning zaxiradan maydonga tushishini ko‘ramiz.

Enso Fernandes va Aksel Disasi tekshirilmoqda. Ularning turli muammolari bor. Bizningcha, bular katta muammolar emas, lekin ular o‘ynashi mumkinmi yoki yo‘qligini ko‘ramiz. Ular hozirda "Sheffild Yunayted" o‘yinidan keyin jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazmayaptilar", - deya Pochettinoning so‘zlarini keltiradi "Chelsi" rasmiy sayti.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati