Tomas Myuller Bavariyaning hozirgi holati haqida gapirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 13-04-2024, 05:24
"Bavariya" yarim himoyachisi Tomas Myuller Myunxen klubining hozirgi o‘yin formasi haqida gapirdi.

"Albatta, agar vaziyatga umumiy nazar tashlaydigan bo‘lsak, tubdan norozilik bor: biz Bundesligada qayerdamiz, statistikamiz qanday ko‘rinishga ega va chempionatda qanchalik tez-tez mag‘lub bo‘lamiz. Doim g‘alaba qozonish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Vaqti-vaqti bilan bizda yaxshi o‘yinlar bo‘lardi, lekin “Bavariya”da vaziyat biz ko‘nikkandek emas”, — deya Myuller so‘zlarini keltiradi TZ.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya chempionatining 28-turidan so‘ng “Bavariya” 60 ochko jamg‘argan va ayni damda peshqadam “Bayer”dan 16 ochko ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati