Arteta Arsenalning Premyer-ligada g‘alaba qozonish imkoniyatlari haqida gapirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 11
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 13-04-2024, 05:22
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta londonliklar jamoasining Angliya Premyer-ligasi chempionligini qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida gapirdi.

“Futbolchilar biz qilayotgan ishimizdan hayajonda. Ular ko‘proq narsaga chanqoq. Bizni qanday sinov kutayotganini va chempion bo‘lish uchun qanchalik yaxshi bo‘lishimiz kerakligini bilamiz, biroq harakat qilamiz”, — deya Arteta so‘zlarini keltiradi BBC.

"Arsenal" Premyer-liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, Mikel Arteta jamoasi 31 o‘yinda 71 ochko to‘plagan. "Liverpul" xuddi shunday turnir ko‘rsatkichlari bilan ikkinchi o‘rinda. “Manchester Siti” 31 turdan keyin 70 ochko bilan kuchli uchlikni yakunlab turibdi.

“Arsenal” navbatdagi o‘yinda “Aston Villa”ga qarshi maydonga tushadi. O‘yin 14 aprel kuni londonliklarning uy stadionida bo‘lib o‘tadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati