Postekoglu Son haqida fikr bildirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 13-04-2024, 05:12
"Tottenxem" bosh murabbiyi Ange Postekoglu Son Xyon Min kelajakda maksimal darajada e’tirof etilishiga ishonmoqda.

Janubiy koreyalik futbolchi 2015 yildan buyon “shporlar” sharafini himoya qilib kelmoqda. U London jamoasi uchun barcha turnirlarda 401 ta o‘yinda 160 ta gol urgan.

"U super yulduz, do‘stim, menimcha, u jahon darajasidagi o‘yinchi. U dunyoning narigi chekkasidagi Osiyo Kubogiga o‘z terma jamoasini himoya qilish uchun bordi va u yerda yaxshi o‘ynadi va "Tottenxem"da ajoyib o‘yin ko‘rsatishda davom etdi.

Men uning jismoniy qobiliyatlari pasayib borayotganini ko‘rmayapman - u kelajakda ham xuddi shunday cho‘qqilarni zabt etishda davom etishi mumkin. Son nafaqaga chiqqanida Pryemer-liganing eng buyuk o‘yinchilaridan biri sifatida tarixga kirishiga shubham yo‘q”, - dedi Postekoglu shanba kuni “Nyukasl”ga qarshi o‘yin oldidan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati