Ten Xag: Manchester Yunayted ajoyib transferlarni amalga oshirmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 13-04-2024, 05:00
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xagning fikricha, uning qo‘l ostida klub transfer bozorida muvaffaqiyatli ish olib bormoqda.

Transfer rejalari haqidagi savolga niderlandiyalik mutaxassis 2022 yilning yozida tayinlanganidan buyon shartnoma imzolagan futbolchilarni misol qilib keltirdi.

“Bizning transfer rejalarimiz bor, ular orasida sifatli o‘yinchilarni xarid qilish ham bor. Ko‘rib turganingizdek, klub bilan shartnoma imzolagan futbolchilar yaxshi o‘yin ko‘rsatishmoqda: Andre Onana juda yaxshi harakat qilmoqda, Rasmus Xoylundning ulkan iqtidori va salohiyatini hamma ham ko‘rib turibdi, Lisandro Martinesdan ham hamma xursand edi. Boshqa misollar ham bor”, dedi Ten Xag “Bornmut”ga qarshi Premyer-liga uchrashuvi oldidan bergan intervyusida.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati