Romano Paketaning Manchester Sitiga transferi haqida gapirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 13-04-2024, 04:50
"Vest Xem" yarim himoyachisi Lukas Paketa "Manchester Siti"ning transfer maqsadlaridan biri. Braziliyalik futbolchining shartnomasida 85 million funt sterling evaziga sotib olish bandi bor.

Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "Manchester Siti" hamon Paketani asosiy maqsadlaridan biri deb biladi, ammo 26 yoshli futbolchi borasida hali qaror qabul qilingani yo‘q.

Hujumkor yarim himoyachining o‘zi bu transferga o‘tgan yozda, ilk muzokaralar boshlangan paytdan beri qiziqib qolgan. Lukas Paketa ushbu mavsumda “Vest Xem” safida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati