Yuventus himoyachisi Manchester Yunaytedning asosiy transfer maqsadlaridan biriga aylandi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 13-04-2024, 04:40
"Manchester Yunayted"ning "Yuventus" markaziy himoyachisi Gleyson Bremerga qiziqishi tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. "Qizil iblislar" braziliyalik futbolchiga jiddiy e’tibor qaratishdi.

Jurnalist Rudi Galettining yozishicha, “Manchester Yunayted” tez orada 27 yoshli futbolchi uchun aniq taklif bilan chiqishi mumkin. "Yuventus" markaziy himoyachini saqlab qolmoqchi, ammo agar xaridorlar 70 million yevro to‘lashga tayyor bo‘lsa, uni sotish imkoniyatini ko‘rib chiqadi.

Gleyson Bremerning "Yuventus" bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda futbolchi “keksa sinyora” safida 32 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati