Xabi Alonso: Chempionlikni divanda emas, maydonda nishonlashni istardim

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 13-04-2024, 04:00
"Bayer" bosh murabbiyi Xabi Alonso bu hafta oxirida jamoasining Bundesligadagi ehtimoliy g‘alabasi haqida gapirdi.

"Agar biz shanba kuni divanda o‘tirib chempion bo‘lsak, bu katta syurpriz bo‘ladi. Rostini aytsam, yakshanba kuni maydonda bo‘lganimda g‘alabani nishonlashni istardim", - deya Alonso so‘zlarini keltiradi Sport.es.

28-turdan so‘ng “Bayer” 76 ochko bilan Bundesligada “Bavariya”dan 16 ochko oldinda bormoqda. Alonsi shogirdlari chempionlikni kafolatlashi uchun qolgan oltita o‘yinda faqat bitta g‘alaba qozonishi kerak.

14 aprel kuni "Bayer" Bundesliganing 29-turi doirasida "Verder"ni qabul qiladi. Bir kun avval “Bavariya” o‘z maydonida “Kyoln”ga qarshi bahs olib boradi. Myunxenliklar yutqazsa, shanba kuni "Bayer" Germaniya chempioniga aylanadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati