Saudiya Arabistonida o‘yindan so‘ng muxlislardan biri “Al-Ittihod” futbolchisini qamchi bilan urdi (video)

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 22
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 12-04-2024, 22:04
Saudiya Arabistoni superkubogi final bahsida “Al-Hilol” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozonib, o‘z tarixida 4-bor ushbu turnir g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Ijtimoiy tarmoqlarda o‘yin yakunlanganidan keyin olingan video paydo bo‘ldi. Unda mag‘lubiyatga uchragan jamoa hujumchisi Abdurazzoq Hamidulloh shohsupaga yaqinlashib, muxlislardan biriga suv sepgani ko‘rsatilgan. Atletik jurnalisti Kolin Millar, tomoshabin dastlab Hamidullohni haqorat qilganini yozadi.Bunga javoban tomoshabin futbolchini qamchi bilan ikki marta savalagan. Hamidulloh muxlisga javob qaytarishga uringan, biroq stadion xodimlari uni bu ishdan qaytargan.“Asharq al-Awsat” nashrining yozishicha, futbolchini urgan muxlis qo‘lga olingan va Abu-Dabi polisiyasi xodimlariga topshirilgan.Hamidulloh “Al-Ittihod”ning Saudiya Arabistoni chempionatidagi eng yaxshi to‘purari hisoblanadi. U 22 uchrashuvda 18 ta gol urgan.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati