Angliya kubogi. «Chelsi» «Lester»ni mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 40
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 19:58
Angliya kubogining chorak final bosqichida «Chelsi» o‘z maydonida «Lester»ni qabul qilib, qiyin g‘alabaga erishdi. Mezbonlar birinchi bo‘limda ikkita to‘p farqi bilan oldinga o‘tib olishdi. 13-daqiqada Kukurelya, taym so‘ngida esa Palmer raqib darvozasini ishg‘ol qildi."Lester" esa ikkinchi bo‘limning dastlabki 17 daqiqasida hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Bahsning 73-daqiqasida esa Kalluma Doyl qo‘pol o‘yin uchun maydondan chetlatildi. "Chelsi" esa g‘alabani to‘pini kiritishga qiynaldi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarning ikkinchisida Chukvuemeka "Chelsi"ning uchinchi golini urgan bo‘lsa, sakkizinchi daqiqada Madueke to‘rtinchi golga mualliflik qildi. Shu tariqa, "Chelsi" yarim finalga chiqdi. Angliya kubogi, chorak finalChelsi – Lester 4:2 (2:0, 2:2)Gollar: 1:0 – 13 Kukurelya, 2:0 – 45+1 Palmer, 2:1 – 51, avtogol Disasi, 2:2 – 62 Mavididi, 3:2 – 90+2 Chukvuemeka, 4:2 – 90+8 Madueke.Chelsi – Sanches, Gyusto, Chaloba, Disasi, Kukurelya (Chiluell, 90), Gallaxer, Mudrik (Chukvuemeka, 78), Palmer, Kaysedo, Sterling (Madueke, 86), Jekson.Lester – Stolyarchik, Vestergor, Fas, Doyl, Ndidi (Koudi, 78), Uinks, Dyuzberi-Xoll, Chouduri, Mavididi (Jastin, 75), Fatau (Akgyun, 63), Daka.Ogohlantirishlar: Mavididi (67), Koudi (90).Chetlatish: Doyl (73).












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati