Toshkent aeroportidagi qurilish-montaj ishlari yuzasidan rasmiy malumot berildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 19:42

Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l o‘tkazgichning (estakada) chap tomonida maxsus texnika ishlayotgani aks etgan video tarqaldi. Ayni paytda Toshkent xalqaro aeroportida o‘tgan yil oxirida boshlangan rekonstruksiya ishlari davom etmoqda. Qayta qurish jarayonida terminal ichida va tashqarisida qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. Tasdiqlangan loyihaga ko‘ra, estakadaning chap qismi demontaj qilinishi, terminal binosi old qismini oldinga siljitish va shu orqali uchib ketish va kelish binolarini yagona majmuaga birlashtirish rejalashtirilmoqda.

Estakadaning chap qismi to‘qqizta tayanch ustun va sakkizta pog‘onalardan iborat bo‘lib, ularning har birida to‘qqizta temir-beton to‘sinlar o‘rnatilgan. Ayni paytda sakkiz pog‘onali ko‘prikning 1, 2 va 3-pog‘onalarida demontaj ishlari olib borilmoqda. Videoda aks etgan yo‘l o‘tkazgich qismi 5- pog‘onada joylashgan bo‘lib, qurilish brigadasi hali uning asfalt-beton qoplamasini demontaj qilishga kirishgani yo‘q. Kameraga tushgan ekskavator yuqoriroqda ishni tugatgan va pastga harakatlanayotgan edi. Shuni ta’kidlash joizki, estakadaning yuk ko‘tarish quvvati 300 tonnadan ortiq va bu uning ustida bir vaqtning o‘zida bir nechta maxsus texnika harakatini ta’minlash imkoniyatini beradi. Xavfsizlik choralariga kelsak, aeroport va pudratchilar tomonidan har yerda ma’lumot belgilari o‘rnatilib, yo‘lovchilar va xodimlarning harakatlanishi uchun maxsus yo‘laklar ajratilgan, shuningdek xavfsizlik xizmati xodimlari oqimni yo‘naltirish uchun doimiy navbatchilik olib bormoqda. Qurilish ishlari bosqichma-bosqich olib borilishini qayd etish muhim. Dastlabki uchta pog‘ona va tayanch ustunlari olib tashlanganidan so‘ng, odamlar o‘tishi uchun xavfsiz yo‘laklar tozalangan joyga ko‘chiriladi va estakadaning qolgan qismining demontaji boshlanadi.

Albatta, har qanday ta’mirlash ishlari har doim noqulaylik tug‘diradi va mavjud aeroport sharoitida bu yo‘lovchilar, xodimlar va ko‘proq darajada qurilish brigadalari uchun ham katta noqulaylik tug‘diradi. Shu munosabat bilan yo‘lovchilarimizdan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va bu holatni tushunishingizni so‘raymiz. Tez orada Toshkent xalqaro aeroporti tubdan o‘zgaradi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati