Isroil askarlari bosib olingan G‘arbiy Sohilda yana 25 falastinlikni qo‘lga oldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 38
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 18:58
Isroil askarlari bosib olingan G‘arbiy Sohilda yana 25 falastinlikni qo‘lga oldi.

Bu haqda Falastin asirlari jamiyati va Falastin ozodlik tashkilotining asirlar va ozodlik qo‘mitasining qo‘shma bayonotida aytiladi.

16 mart, shanba kunidan beri Isroil harbiylari Al-Xalil, Qalqiya, Beytullohim, Jenin, Tulkarm va Ramalloh shaharlarida reydlar o‘tkazdi.

Hibsga olinganlar orasida bir ayol va bir bola bor.

2023 yil 7-oktabrdan beri ishg‘ol ostidagi Sharqiy Quddus va G‘arbiy Sohilda Isroil harbiylari tomonidan qo‘lga olingan falastinliklar soni 7630 nafarga ko‘tarildi.

2023 yil 7-oktabrdan beri Isroil armiyasi blokadadagi G‘azo sektoriga quruqlikdan, dengizdan va havodan yirik hujumlar uyushtirmoqda. O‘shandan beri bosib olingan G‘arbiy Sohilda ham, Sharqiy Quddusda ham Falastin bosimi ortdi. Falastinliklarga qarshi reyd va hujumlar soni ortdi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati