Postekoglu Risharlison qachon maydonga qaytishini aytdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 12-04-2024, 18:12
"Tottenxem" bosh murabbiyi Ange Postekoglou jamoa hujumchisi Risharlisonning ahvoli haqida gapirdi. Braziliyalik futbolchi APLning 31-turidan o‘rin olgan "Vest Xem"ga qarshi o‘yinda (1:1) tizzasidan jarohat oldi.

"Risharlison tizzasidan olgan jarohati tufayli bu hafta o‘yinni o‘tkazib yuboradi. U o‘ynashga yaqin, ammo bu hafta oxiri emas. Uni ko‘plab o‘yinlar bo‘ladigan mavsumning hal qiluvchi qismiga tayyorlash muhimroq", - deya Postekoglu so‘zlarini keltirmoqda jurnalist Fabrisio Romano.

Joriy mavsumda 26 yoshli Risharlison barcha turnirlarda 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati