APlning mart oyidagi eng yaxshi murabbiyi aniqlandi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 12-04-2024, 17:22
Angliya Premyer-ligasida mart oyining eng yaxshi murabbiyi nomiga ovoz berishda kim g‘alaba qozongani ma’lum bo‘ldi.

Bu sovrin "Bornmut" bosh murabbiyi Andoni Iraolaga nasib etdi. Mart oyida uning qo‘l ostida jamoa “Byornli” (2:0) va “Everton” (2:1) ustidan g‘alaba qozongan, “Sheffild Yunayted” bilan durang o‘ynagan (2:2).

Aytish joizki, 41 yoshli Iraola ovoz berishda Mikel Arteta, Yurgen Klopp va Ange Postekogluni ortda qoldirdi. Iraolaning o‘zi uchun bu sovrin Angliya chempionatidagi birinchisi bo‘ldi.

"Bornmut" hozirda APL turnir jadvalida 31 o‘yindan keyin 41 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati