Moyes: Hozir YECHL darajasida emasmiz

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 22
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 12-04-2024, 16:12
«Vest Xem» bosh murabbiyi Devid Moyes Yevropa ligasi chorak finalida «Bayer»ga qarshi safar o‘yini haqida fikr bildirdi.

Uchrashuv 11 aprel, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan va Leverkuzen klubining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangandi.

Xabi shogirdlari har ikkala golni o‘yinning ikkinchi bo‘limida kiritishdi. Javob o‘yini 18 aprel kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

«Bayer» ajoyib ish qildi. Biz Chempionlar ligasi darajasidagi jamoaga qarshi o‘ynadik, biroq hozir bu darajada emasmiz.

Javob o‘yinida imkoniyatlarimiz kam. «Bayer»da haqiqatan ham ajoyib yigitlar bor», - dedi mutaxassis uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati