“Roma” klubiga o‘tganim kutganimdek bo‘lmadi — Eldor Shomurodov

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 12-04-2024, 16:04
O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov 2021 yil yozida “Jenoa”dan Italiya poytaxtiga ko‘chib o‘tganidan so‘ng “Roma”dagi muvaffaqiyatsizligi haqida gapirdi.

Hozirda “Roma”dan “Kalyari”ga ijaraga asosida o‘tgan Shomurodov La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida jamoaga o‘tish qarori va hozirgi holati haqida gapirdi.

“Poytaxt klubiga o‘tganim men kutgandek bo‘lmadi. To‘g‘ri, o‘zim ham yaxshiroq o‘ynashim, maydonda ko‘proq ter to‘kishim kerak edi. Rim ajoyib muxlislar bazasiga ega ajoyib shahar”. “Kalyari”da qolamanmi? Bilmayman, buni aytishga erta. Mavsum tugagach bu haqda o‘ylab ko‘raman. Men bu yerni juda yaxshi ko‘raman ”, — deydi O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov.

Hujumchi harakat qilayotgan “Kalyari” klubi o‘z ochkolarini 30 taga yetkazib, 13-o‘rindan joy olgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati