Uotkins: Ko‘proq gol urishimiz mumkin edi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 12-04-2024, 16:00
«Aston Villa» hujumchisi Uotkins Konferensiyalar ligasi chorak finalining birinchi o‘yinida «Lill» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Villa Park» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv Unai Emeri shogirdlarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Javob o‘yini 18 aprel kuni Fransiyada bo‘lib o‘tadi.

"Har bir uchrashuvda o‘zimni yaxshi his qilaman va gol urishimga doim ishonaman. Biz o‘yin rejamizga sodiq qoldik.

Oxirida gol o‘tkazib yuborganimiz biroz afsuslanarli, javob o‘yini oldidan raqiblarga bu biroz ishonch bag‘ishlaydi.

O‘ylaymanki, biz ko‘proq gol urishimiz mumkin edi", - deya hujumchining so‘zlarini keltiradi Britaniya OAV.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati