Manchester Yunayted Barselona yarim himoyachisi uchun 90 million taklif qildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 12-04-2024, 13:08
Kataloniyaning "Barselona" klubi braziliyalik vinger Rafinyani sotishi mumkin. Todofichajes xabariga ko‘ra, "blaugranalar" futbolchini "Manchester Yunayted"dan transfer qilish bo‘yicha taklif olgan.

Angliya top-klubi rahbariyati futbolchi uchun 90 million yevro taklif qilgan. Bu miqdor "Barselona"ga moliyaviy ahvolini yaxshilashga yordam berishi mumkin.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Rafinya 22 uchrashuvda ishtirok etib, beshta gol urdi va 7ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Braziliyalik futbolchining "Barselona" bilan shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati