• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Hindistonda tarovih namozi o‘qiyotgan O‘zbekiston, Bangladesh va Afg‘oniston talabalari hujumga uchradi

Hindistonda tarovih namozi o‘qiyotgan O‘zbekiston, Bangladesh va Afg‘oniston talabalari hujumga uchradi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 44
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 18:04
Hindistonning Ahmadobod shahrida Gujarat universiteti yotoqxonasida namoz o‘qigani uchun O‘zbekiston, Bangladesh va Afg‘oniston talabalari hujumga uchradi. Bu haqda mahalliy polisiya ma’lumotlariga tayanib, The New Indian Express`ga tayanib "Daryo" xabar behttps://daryo.uz/k/2024/03/17/hindistonda-tarovih-namozi-oqiyotgan-ozbekiston-bangladesh-va-afgoniston-talabalari-hujumga-uchradi-videordi.

“Hodisa 16 mart kuni soat 22:50 atrofida Gujarat universitetining (hukumat tasarrufidagi) yotoqxonasida yuz bergan. Yigirmaga yaqin odam bostirib kirib, xorijlik talabalarning muassasada namoz o‘qishiga e’tiroz bildirgan”, — dedi polisiya komissari Malik.

Hujum aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. Ayrim talabalar jarohat olgan va hozirda kasalxonaga yotqizilgan. Talabalar Ahmadobod shaharchasida masjid yo‘qligi sababli Ramazon oyida tarovih namozini o‘qish uchun yotoqxona ichida yig‘ilgan.

Afg‘onistonlik talaba noma’lum shaxslar yotoqxonada ularning namoz o‘qish huquqini shubha ostiga qo‘yganini, polisiya voqea joyiga yetib kelgan bo‘lsa-da, olomonni qochib ketishga imkon berganini aytgan.

“Ular hatto xonalarimizda ham bizga hujum qildi, noutbuklar, telefonlar va motosikllarimizga zarar yetkazishdi”, — deydi u.

Talaba jarohatlangan besh kishi orasida Afg‘onistondan bir, Shri-Lankadan bir, Turkmanistondan bir va Afrika davlatlaridan ikki fuqaro borligini aytgan. Yotoqxona qo‘riqchisining aralashishga urinishlariga qaramay, noma’lum shaxslar hujumni amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan.
“Biz bu yerda xavfsiz emasmiz. Gujarat universitetidan bizni xavfsiz joyga ko‘chirishni so‘raymiz”, — deydi afg‘on talabasi.
“Gujarat universitetida 300 ga yaqin xalqaro talabalar, jumladan Afg‘oniston, Tojikiston, Shri-Lanka va Afrika davlatlaridan tahsil olmoqda”, — deydi Malik.
Xorijiy talabalarning 75 ga yaqini voqea sodir bo‘lgan universitetning A-blok yotoqxonasida istiqomat qiladi.
“20-25 nafarga yaqin kishi yotoqxonaga kirib, xorijlik talabalarning u yerda namoz o‘qishiga e’tiroz bildirgan va ulardan masjidda namoz o‘qishni so‘ragan. Buning ustida janjal kelib chiqqan, xorijlik talabalarga hujum qilib, tosh otishgan”, — deya qo‘shimcha qildi Malik.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati