Xalqaro irrigasiya va drenaj komissiyasi prezidenti mamlakatimizga keldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 26
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 18:00
Suv xo‘jaligi vazirligida Xalqaro irrigasiya va drenaj komissiyasi (XIDK) prezidenti Marko Archeri bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev mehmonni yurtimizga tashrifi bilan samimiy qutladi va uning XIDK prezidenti sifatida O‘zbekistonga ilk tashrifi o‘zaro hamkorlikka doir keng ko‘lamli masalalar yuzasidan fikr almashish uchun yaxshi imkoniyat ekanini ta’kidladi.

O‘z navbatida Marko Archeri O‘zbekistonga katta rejalar va yangi g‘oyalar bilan kelganini, hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish niyati borligini bildirdi.

– Bu yerga kelishdan oldin O‘zbekistonda suvdan samarali foydalanish, irrigasiya tarmoqlarini modernizasiya qilish, nasos stansiyalarini yangilash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va yutuqlar haqidagi ma’lumotlar bilan tanishdim. Ayniqsa, O‘zbekistonning suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishda mintaqa davlatlari orasida ilg‘or ekani tahsinga sazovor, – dedi Marko Archeri.

Uchrashuvda Xalqaro Orolni qutqarish jamg‘armasi GEF agentligi rahbari Vadim Sokolov O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigasiya sektorini rivojlantirishning 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi doirasida bajarilgan ishlar haqida taqdimot qildi. Xususan, suvni va elektr energiyasini tejash, raqamlashtirish, davlat-xususiy sheriklik kabi yo‘nalishlarda erishilgan natijalar aytib o‘tildi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan «Kanallarni betonlashtirish bo‘yicha dolzarb yil» deb e’lon qilingani, 1,5 ming km. yirik kanallar va 10 ming km. kichik hajmli kanallarni betonlashtirish bo‘yicha ish olib borilayotgani haqida so‘z yuritildi.
Marko Archeri vazirlikning Irrigasiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriyalari, tomchilatib sug‘orish bo‘yicha ko‘rgazma maydonchasi, shuningdek, «Suvchilar maktabi» faoliyati bilan tanishdi.
XIDKga 100 dan ortiq davlat a’zo. O‘zbekiston 1994 yilda a’zolikka qabul qilingan. Tashkilotning yillik kongresslarida, xalqaro ijroiya kengashi yig‘ilishlarida, suv forumi va konferensiyalarida O‘zbekiston vakillari faol qatnashib keladi.
Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev 2019 yilda ushbu tashkilot vise-prezidentligiga 3 yil muddatga saylangan. Hozirda XIDKning faxriy vise-prezidenti hisoblanadi.
Xalqaro Orolni qutqarish jamg‘armasi GEF agentligi rahbari Vadim Sokolov 2023 yilda navbatdagi 3 yil uchun XIDK vise-prezidentligiga saylandi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati