Pau Kubarsi: «Barsa» har doim oxirigacha kurashadi»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 12-04-2024, 09:52
17 yoshli Pau Kubarsining «Barselona»dagi ishlari shunchaki, super!

O‘smir yigitcha bir urinishda jamoaning asosiy futbolchilari qatoriga kirib oldi. Pau ayniqsa, «Napoli» va «Atletiko»ga qarshi kechgan o‘yinlarda ortiq kelajak umidi emasligi, balki allaqachon haqiqiy «blaugrana»ga aylanib ulgurganini isbotladi.

- 17 yoshli yigit keng umum-e’tirofdan esankirab qolmaydimi? Atrofingda yuz berayotgan voqealar «og‘ir»-ligini qanday ko‘taryapsan?

- Ishoning, hozir mutlaqo xotirjamman. Zero, oilamiz a’zolari va do‘stlarim hamisha yonimdalar, ular oyog‘im yerdan uzilishiga yo‘l qo‘ymaydilar. Tabiiyki, bu juda muhim. Umuman, tabiatan ancha bosiqman va hozir men bilan sodir bo‘layotgan ishlarga ham oddiy jarayondek qarayapman. 

- Tashqi ko‘rinishingga qarab ham, ma’lum darajada qanday sifatlarga egaligingni bilib olish mumkin. Xo‘sh, qandaydir bosimni his qilasanmi o‘zi...?

- Bosimdan imkon qadar qochaman. Ammo «Barselona»dek klubda o‘ynar ekansan, qo‘shimcha bosimni his qilmasliging mumkin emas. Axir jamoa libosini kiyishning o‘zi ko‘p narsani anglatadi. Oddiy aytganda, «Barselona» futbolchilari hamisha katta bosim ostida o‘ynashadi. Eng muhimi, buning ijobiy ta’siri kuchliroq. Ya’ni biz aynan bosim ortidan ham eng yaxshi futbolchilarga aylanamiz.
- Butun hayotingni «Barsa»ga bag‘ishlaganingni ayt­gan eding. Xo‘sh, shunday qadr­li klub safidagi erta debyut yosh futbolchiga qanday ta’sir qilar ekan?
- Albatta, bundan faxrlanaman, axir aqlimni tanibmanki, «Barselona» tizimidaman. Ammo maydonga tushganimda, yoshim haqida o‘ylamayman. Oddiy aytganda, o‘zimni jamoaga yordam beradigan odatiy futbolchilardan biridek tutishga harakat qilaman. Yana fikrimni to‘liq o‘yinga qaratib, bor kuchimni ishga solaman.
- CHLda «Napoli»ga qarshi kechgan javob bahsining eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olinding. Bunday bo‘lishini kutganmiding? Umuman, eng yaxshi futbolchiga atalgan sov­rinni qo‘lga olgach, xayolingdan avvalo, nimalar o‘tdi?
- To‘g‘risini aytaman, avvaliga ishonmadim, kimdir ustimdan kulayotgandek tuyuldi. Keyin hammasi jiddiy ekanligiga iqror bo‘lgach, jamoa manfaati yo‘lida bajargan ishimdan bag‘oyat mamnun bo‘ldim. Binobarin, individual mukofotlar har qanday futbolchiga ko‘tarinkilik bag‘ishlaydi. Yana qo‘shimcha qilishim kerak, bunday sovrinlar muayyan bir futbolchiga topshirilgani bilan butun jamoaniki hisoblanadi. 

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati