APLning uchta top klubi Borussiya futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 22
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 17:46
Angliyaning "Liverpul" klubi Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisiga e’tibor qaratmoqda. Gap yozda nemis jamoasini tark etishi mumkin bo‘lgan Doniell Malen haqida ketmoqda.

Jurnalist Kristian Falkning xabar berishicha, niderlandiyalik futbolchining transferiga Londonning "Arsenal" klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Qolaversa, "Manchester Yunayted" mavsum oxirigacha "Borussiya"da ijara asosida o‘ynayotgan Jeydon Sancho evaziga Malenni olishiga qarshi emas.

Eslatib o‘tamiz, Malenning Dortmund klubi bilan shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi. Germaniya Bundesligasining ushbu mavsumida 25 yoshli Malen 11 ta gol urdi. Transfermarkt portali hujumchini 35 million yevroga baholamoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati