Roma 6,5 yildan so‘ng yana Milan maydonida g‘alaba qozondi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 12-04-2024, 07:52
"Roma"ning "Milan" bilan UYEFA Yevropa ligasi 1/4 finalining birinchi o‘yinidagi g‘alabasi rimliklar uchun so‘nggi 6,5 yil ichida "rossonerilar" bilan safar o‘yinlaridagi ilk g‘alabasi bo‘ldi. "Roma" «San-Siro»da "Milan" ustidan so‘nggi g‘alabani 2017 yilning oktyabrida (2:0) qo‘lga kiritgandi.

Eslatib o‘tamiz, 11 aprel kuni Yevropa ligasining 1/4 final bosqichining ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tgan va unda Italiyaning "Milan" va "Roma" klublari to‘qnash kelishgandi. Jamoalar Italiyaning Milan shahridagi “San-Siro” (Juzeppe Meassa) stadionida o‘zaro bahs olib borishdi. Mehmonlar minimal hisobda g‘alaba qozonishdi - 1:0.

O‘yindagi yagona gol 17-daqiqada “Roma” himoyachisi Janluka Manchini tomonidan kiritildi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 18 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati