Klopp: Atalanta g‘alabaga haqli edi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 12-04-2024, 06:58
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp Yevropa ligasi 1/4 finali birinchi o‘yinida “Atalanta”dan uchralgan mag‘lubiyat (0:3) haqida fikr bildirdi.

"To‘pga egalik qilganimizda taktik joylashuvimiz menga yoqmadi. Raqiblarga bitta vaziyat berdik... “Atalanta” yaxshi o‘yin ko‘rsatdi, uchta gol urdi va g‘alabaga haqli edi.

Dushanba kuni ushbu o‘yinning kadrlarini qayta ko‘raman. Agar biz bir-ikki narsani tuzatsak, yaxshiroq bo‘lishimizni bilaman. Biz g‘alaba qozona olamizmi? Ha, yaxshi o‘ynasak, bu mumkin. 3:0 hisobida g‘alaba qozona olamizmi? Umuman bilmayman. Ammo hozir biz o‘zimizni yomon his qilyapmiz. Bu yomon o‘yin bo‘ldi - men buni qanday bo‘lsa shunday aytaman. Shunday qilib, biz yutqazdik. Bunday paytlarda har doim raqib keyingi bosqichga chiqqandek tuyuladi, ammo biz (ular bilan) yana o‘ynamagunimizcha, bunday bo‘lmaydi", - deya Kloppning so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati