Pirson: Yillar davomida MYUning o‘yinlarini ko‘rib, kal bo‘lib qoldim

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 40
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 17:40
Styuart Pirson "Manchester Yunayted"ning joriy mavsumdagi hujumkor o‘yinchilarining o‘yiniga baho berdi.

"Menga yosh yigit Rasmus Xoylundning salohiyati yoqadi, ammo u mavsumda 25 ta gol urishi uchun yordamga muhtoj.

Antoni hali ham yomon. Markus Rjshford o‘tgan mavsumdagi formasini tiklay olmadi. U Garnachoga qarashi kerak, u hali unchalik yaxshi emas, lekin uning to‘pni yutish uchun yugurishi muxlislarga yoqadi.

Men "MYU" haqida "biz" deb gapiraman, lekin kimdir yomon o‘ynasa, darhol aytaman. Muxlislar oldida qarzdorman.

"MYU" yana "Liverpul"ni mag‘lub etishini ko‘rishni istardim, ammo "Manchester Yunayted"ning qaysi biri chiqishini aytib bo‘lmaydi - ular bir-biriga mos kelmaydi. Suhbatlarda yillar davomida ularning o‘yinlarini ko‘rib, kal bo‘lib qoldim, deb hazillashaman.

Lyuk Shou mening sevimli futbolchilarimdan biri, u juda barqaror, lekin u jarohat olgan. Kazemiro o‘tgan yili ajoyib o‘ynadi, ammo bu mavsumda u bundan ham qiyinroq vaqtni o‘tkazdi", - deydi "mankunianliklar"ning sobiq hujumchisi.
Angliya kubogi chorak finalida “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Liverpul”ni qabul qiladi. O‘yin bugun, 17 mart kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 20:30da boshlanadi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati