Xabi Alonso: Bugungi uchrashuvdan mamnunmiz

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 12-04-2024, 05:12
“Bayer” bosh murabbiyi Xabi Alonso “Vest Xem”ga qarshi Yevropa ligasining birinchi chorak final o‘yinidan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

"Uchrashuv oson bo‘lmagan bo‘lsada, bugungi natijadan mamnunmiz. Raqiblar chuqur himoyalanishdi va o‘z jarima maydonchasi yaqinida ko‘plab futbolchilar bor edi. Biz lahzani kutayotgan edik - va u kech bo‘lsa-da, paydo bo‘ldi. Har bir futbolchimiz maydonga tushishga tayyor bo‘lishi kerak, bugun buni ko‘rish mumkin edi”, - dedi ispaniyalik mutaxassis.

Chorak finalning ilk o‘yinida “Bayer” “Vest Xem”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Javob o‘yini 18 aprel kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati