AFP: Niger AQSh bilan harbiy kelishuvni bekor qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 22
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 17:34

⚡️Nigerda hokimiyat tepasida turgan harbiylar Amerika kontingentining mamlakatda qolishiga imkon beruvchi AQSh bilan kelishuvni bekor qildi, deb xabar bermoqda AFP Niger o‘tish davri hukumati vakili Amadu Abdramanga tayanib. Qaror darhol kuchga kiradi.

Niger xuntasi Amerika rasmiylarining mamlakatga tashrifi ortidan shunday qarorga keldi. Delegasiyaga Davlat kotibining Afrika ishlari bo‘yicha yordamchisi Molli Pxi va AQShning Afrikadagi qo‘mondonligi qo‘mondoni general Maykl Lengli boshchilik qildi.

Abdraman, AQSh delegasiyasining diplomatik protokolga rioya qilmagani, Nigerga delegasiya tarkibi, uning kelish sanasi va kun tartibi haqida ma’lumot berilmaganini izohladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, suhbat Niger mudofaa sektoridagi davom etayotgan o‘zgarishlar va ikki davlat o‘rtasidagi harbiy hamkorlik haqida bo‘lgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati