«Lans» klubi Abduqodir Husanovni qaydnomaga kiritmadi. Bunga Qatardagi Osiyo kubogi sabab bo‘lishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 12-04-2024, 04:34
Fransiya chempionatining 29-turida “Lans” klubi 12 aprel sanasida “Mes” mehmoni bo‘ladi. Klub qaydnomaga o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovni kiritmadi. Bosh murabbiy tarkib haqida to‘xtalib, jarohatdan qaytgan futbolchilar haqida ma’lumot bergan, ammo u himoyachi Abduqodir Husanov haqida hech qanday fikr bildirmagan. Lensois.com sayti futbolchining o‘rinbosarlar tarkibida mashg‘ulotlar olib borishi haqida ma’lumot tarqatgan. le11hdf.fr saytida ham tarkib borasida ma’lumot berilgan. Unga ko‘ra, Abdul Hamed jarohat sabab tarkibga kiritilmagan, qolgan futbolchilar, shu jumladan Abduqodir Husanov tarkibdan tushirib qoldirilishi sababi keltirilmagan. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hozirda legioner futbolchilarni musobaqaga jalb qilish borasida muzokaralar davom etayotganini ma’lum qilgan edi. Reglamentga ko‘ra, jamoa birinchi uchrashuvga 6 soat qolgunga qadar tarkibda o‘zgarishlar qilishi mumkin. Shunga ko‘ra, Fransiyada to‘p surayotgan himoyachining tarkibga kelib qo‘shilishini taxmin qilish mumkin. O‘zbekiston fubol assosiasiyasi bu haqda hozircha ma’lumot berganicha yo‘q.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati