Dembele Barselona muxlislari qahriga uchradi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 12-04-2024, 04:28
"PSJ" hujumchisi Usmon Dembele YECHL 1/4 finalining birinchi o‘yinida "Barselona" darvozasiga urilgan golni nishonlaganidan keyin haqoratga uchradi.

O‘yindan so‘ng Kataloniya klubi muxlislari futbolchiga nisbatan haqoratli so‘zlar aytishdi. Keyin ijtimoiy tarmoqlarda uni irqchilikka asoslangan haqoratlarni yozishni boshladilar.

Muxlislarning salbiy munosabati Dembelening 2017 yildan 2023 yilgacha "Barselona"da o‘ynagani va sobiq jamoasiga qarshi birinchi o‘yinda gol urishni nishonlagani bilan bog‘liq.

Parijdagi "Park de Prens" stadionida kechgan uchrashuv 3:2 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi. Ikkinchi o‘yin 16 aprel kuni Barselonada bo‘lib o‘tadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati