• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Venesueladagi hukmron Yagona sosialistik partiyasi prezidentlikka nomzod sifatida amaldagi davlat rahbari Nikolas Maduroni ko‘rsatdi

Venesueladagi hukmron Yagona sosialistik partiyasi prezidentlikka nomzod sifatida amaldagi davlat rahbari Nikolas Maduroni ko‘rsatdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 43
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 17:24
Venesueladagi hukmron Yagona sosialistik partiyasi (PSUV) prezidentlikka nomzod sifatida amaldagi davlat rahbari Nikolas Maduroni ko‘rsatdi.

Bu haqda partiyaning 16 mart kuni bo‘lib o‘tgan yakuniy qurultoyida partiya raisi o‘rinbosari Diosdado Kabelyo ma’lum qildi.

Shu tariqa, joriy yilning 28 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarda Maduro uchinchi muddatga Venesuela prezidenti lavozimini egallash uchun kurashadi. U davlat rahbari lavozimini 2013 yildan beri egallab kelmoqda.

Muxolifat o‘z nomzodi sifatida Mariya Korina Machadoni tanladi. Biroq Venesuela hukumati uning saylovlarda nomzod sifatida ishtirok etishini bir necha yilga taqiqlab qo‘ygan, shu bois Machado navbatdagi prezidentlik saylovlarini ham o‘tkazib yuborishi mumkin.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati