Anri: Xavi kundan kunga kuchayib bormoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 11-04-2024, 22:48
"Barselona"ning sobiq hujumchisi Tyerri Anri Kataloniya jamoasi ustozi Xavi haqida fikr bildirdi.

Anri mutaxassisning murabbiy sifatida kundan-kunga kuchayib borayotganini ta’kidladi.

"Mavsum oxirida u bilan nima bo‘lishini bilmayman. Men uni har kuni yaxshilanib borayotgan yaxshi murabbiy ekanligini doim bilardim. Hozir jamoaning natijalari yaxshilandi va hamma uni saqlab qolishni aytmoqda", - dedi fransiyalik sobiq futbolchi CBS Sports nashriga.

10 aprel kuni Xavi shogirdlari Chempionlar ligasining birinchi chorak finalida “PSJ”ni mehmonda mag‘lub etishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xavi mavsum yakunida “Barselona”ni tark etishini rasman e’lon qilgan edi. Ispaniyalik murabbiy 2021 yildan buyon jamoani boshqarib kelmoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati