Rabyo Yuventus bilan kelisha olmadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 24
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 11-04-2024, 22:38
Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Adriyen Rabyo yozda yangi klub izlashga majbur bo‘ladi.

Calciomercato nashri xabariga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi "Yuventus" bilan yangi shartnoma shartlari bo‘yicha kelisha olmadi va joriy mavsum yakunida turinliklar jamoasini tark etadi.

Qayd etilishicha, Rabyoni "Yuventus" futbolchining agenti bilan muzokaralarda taklif qilgan maoshi qanoatlantirmagan.

Oldinroq Rabyo faoliyatini "Atletiko Madrid"da davom ettirishi mumkinligi haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.

Futbolchi 2019 yildan beri "Yuventus"da o‘ynab kelmoqda. Umumiy hisobda u "Yuventus" safida 204 o‘yinda 21 gol va 15 golga assistentlik qilgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati